Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun qit’a birinchiligida erkaklar ishtirokidagi final bahslari bo‘lib o‘tdi. Kun davomida 10 nafar bokschilarimiz ringga ko‘tarildilar. Ulardan Shahzod Muzaffarov va Jasurbek Yo‘ldoshevlar teng kurashli bahslarda qozog‘istonlik bokschilarga kichik hisobda imkoniyatni boy berishdi va kumush medalga ega chiqdilar. Qolgan 8 nafar bokschimiz bo‘lsa, raqiblaridan bir bosh ustunligini yana bir bor isbotladilar.
Jamoamiz yakunlarga ko‘ra umumjamoa hisobida ham 8 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza bilan yana bir bor tengsizligini isbotladilar. Ushbu natija uchun jamoamiz Qozog‘istonning Parijga borgan asosiy jamoasini ham Ukrainaning kuchli tarkibini ham yangilangan yosh tarkibimiz bilan dog‘da qoldirdilar. Osiyoda, nafaqat Osiyoda balki dunyoda terma jamoamiz yakka peshqadamligini isbotlashda davom etmoqda.
G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:
Oltin medal:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev
-51 kg: Asilbek Jalilov
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov
-67 kg: Mujibillo Tursunov
-71 kg: Havasbek Asadullayev
-75 kg: Javohir Ummataliyev
-80 kg: To‘rabek Habibullayev
Kumush medal:
-54 kg: Shahzod Muzafarov
-86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
Bronza medal:
+92 kg: Jahongir Zokirov