Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun Osiyo chempionatida erkaklar ishtirokida yarim final bahslari yakunlandi. Kun davomida 11 nafar bokschimiz final uchun ringga ko‘tarildi va ulardan faqatgina Jahongir Zokirov afsuski, imkoniyatni boy berib bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, qolgan 10 ta vakilimiz finalga chiqdilar.
Erkaklar jamoamiz ham, ayollar jamoamiz ham, umumjamoa hisobida ham bizning terma jamoamiz eng ko‘p finalga yo‘l olib turnirda yetakchiligini isbotlab qo‘ydilar. Erkaklarda bizdan keyin Qozog‘iston jamoasi, ulardan 9 nafar bokschi finalga yo‘l olgan.
Qit’a birinchiligida 10 dekabr kuni ayollar va 11 dekabr kuni erkaklar o‘rtasidagi final janglari bo‘lib o‘tadi.
Finalga yo‘l olgan bokschilarimiz bilan tanishing:
Erkaklar:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev
-51 kg: Asilbek Jalilov
-54 kg: Shahzod Muzafarov
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov
-67 kg: Mujibillo Tursunov
-71 kg: Havasbek Asadullayev
-75 kg: Javohir Ummataliyev
-80 kg: To‘rabek Habibullayev
-86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
Ayollar:
-48 kg: Farzona Fozilova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Aziza Yaqubova
-57 kg: Nigina O‘ktamova
-66 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Aziza Zokirova
+81 kg: Oltinoy Sotimboyeva