O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Texnologiyalar

Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi

UzDaily · 25.08.2025 · 17:35 · 1254 views
Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi

Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Telekommunikatsiyalar sohasida tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi.

Agentlik operator va provayderlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlangan rejaga muvofiq har oyda kamida 1 marotaba monitoring qilib boradi.

Agentlik moliyaviy va tuzilmaviy jihatdan hamda vakolati doirasida qaror qabul qilishda mustaqil hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisobdor bo‘ladi.