TBC Business — dam olish kunlarida ham ishlaydigan onlayn bank xizmati
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Biznes dunyosida “dam olish kunlari” yoki “ishdan tashqari soatlar” degan tushunchalar yo‘q. Chirchiqdagi do‘kon yakshanba kuni buyurtma qabul qilayotganda yoki Samarqanddagi tadbirkor kech tunda yetkazib beruvchiga to‘lov jo‘natayotganda, bank doimo qo‘l ostida bo‘lishi muhim.
TBC Bank’ning TBC Business onlayn bank xizmati aynan biznesning to‘xtovsiz — istalgan vaqtda va istalgan joyda ishlashi va rivojlanishiga yordam berish uchun yaratilgan. Bu xizmatdan allaqachon minglab tadbirkorlar foydalanmoqda: loyiha ishga tushirilgandan buyon 3000 dan ortiq hisob ochilgan.
Siz qachon ishlasangiz, u ham ishlaydi
Pul o‘tkazmalari, to‘lovlar va hisobdan ko‘chirmalar — hammasini kechayu-kunduz, hattoki dam olish va bayram kunlarida ham amalga oshirsa bo‘ladi. Hamda filialga borib vaqt yo‘qotish shart emas — buning uchun qulay platforma mavjud. Undan kompyuterda ham, telefonda ham foydalanish mumkin. Ortiqcha qog‘ozbozliksiz. Shakllar sodda, jarayonlar tushunarli.
Turli miqyosdagi bizneslar uchun
TBC Business yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham, turli ko‘lamdagi kompaniyalarga ham birdek qulay. Biznesingiz uchun zarur bo‘lgan hamma narsa — 3 daqiqada hisob ochishdan tortib garovsiz kredit rasmiylashtirishgacha, onlayn tarzda mavjud.
Kredit summasi 10 mln so‘mdan 300 mln so‘mgacha, yillik stavka — 33% dan 38% gacha, muddati — 36 oygacha. Bularning barchasi navbatsiz, ortiqcha qog‘ozbozliksiz va tadbirkor ish ritmiga mos tezlikda amalga oshiriladi. Bu esa yangi loyihalarni boshlash, biznesni kengaytirish va aylanma mablag‘ni to‘ldirishga yordam beradigan ishonchli qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
TBC Business’ga qo‘shiling va moliyalaringizni istalgan vaqt va joydan uzluksiz boshqaring. Batafsil ma’lumot bilan havola orqali tanishishingiz mumkin: https://tbcbank.uz/uz/landing/business/
Reklama