Valyuta kurslari 21/11/2024
$1 – 12855.93
UZS – 0,09%
€1 – 13570.72
UZS – 0,15%
₽1 – 128.16
UZS – -0,11%
Qidirish
Moliya 29/08/2024 TBC Bank Uzbekistan Shveytsariyaning Blue Orchard investoridan 25 million AQSH dollarini jalb qildi

TBC Bank Uzbekistan Shveytsariyaning Blue Orchard investoridan 25 million AQSH dollarini jalb qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —  Toshkent, Oʻzbekiston – 2024-yil, XXX-avgust, mamlakatning eng yirik mobil banki boʻlgan TBC Bank Uzbekistan (TBC UZ) Shveytsariyaning Blue Orchard impakt-investitsiyaga ixtisoslashtirilgan kompaniyasidan 25 million AQSH dollarini uzoq muddatga jalb qilganini eʼlon qiladi.

Mablagʻlar TBC UZ ekotizimini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi, bu esa bankning kredit portfelining oʻsishiga va Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega Oʻzbekistonda moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga yordam beradi. TBC UZ moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish strategiyasining bir qismi sifatida shu yil boshida responsAbility Investments AG kompaniyasidan ham 10 million AQSH dollarida kredit jalb qilgan edi.

TBC UZ Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli bank ekotizimi bo‘lgan TBC Uzbekistan’ning bir qismi bo‘lib, unga jismoniy shaxslar va kichik biznes uchun raqamli to‘lovlar ilovasi payme hamda payme Nasiya kiradi (payme – muddatli omonat) – xaridlarni boʻlib toʻlash xizmati. TBC Uzbekistan ekotizimi London fond birjasida ishtirok etadigan TBC Bank Group PLC tarkibiga kiradi.
 

Nika Kurdiani, TBC Uzbekistan bosh direktori:

“Orchard kompaniyasidan ushbu katta miqdordagi mablag‘ni moliyalashtirganimizdan mamnunmiz. Bu bizga moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilishni kuchaytirish va kredit portfelimizni kengaytirishni davom ettirish, O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish imkonini beradi. Bizning maqsadimiz mijozlarning hayotini yanada qulayroq va yaxshiroq qilishga yordam beradigan innovatsion raqamli moliyaviy yechimlarni taqdim etishdir. Bu borada Blue Orchard kompaniyasi ham bizning sa’y-harakatlarimizni qo‘llab-quvvatlagani uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz”.

Filip Myuller, Blue Orchard bosh direktori:

“Biz TBC Bank Uzbekistan bilan hamkorlik qilishdan va ularning Markaziy Osiyoda bo‘yicha mijozlarning hayot sifati va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan zamonaviy raqamli bank texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz. Bizning sarmoyamiz TBC UZ’ga yordam berib, moliyaviy xizmatlarni koʻproq odamlar uchun ochiq boʻlishini taʼminlaydi hamda mintaqaning iqtisodiy barqarorligi va rivojlanishiga sabab bo‘ladi”.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling