Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
Moliya 27/06/2025 TBC Bank Group Markaziy Osiyo texnologiya sektori uchun muhim bitim doirasida BILLZ nazorat paketini sotib olmoqda

TBC Bank Group Markaziy Osiyo texnologiya sektori uchun muhim bitim doirasida BILLZ nazorat paketini sotib olmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — TBC Bank Group (TBC PLC), Gruziyadagi yetakchi moliyaviy xizmatlar ekotizimlari va London fond birjasida ro‘yxatga olingan, O‘zbekistondagi eng yirik raqamli bank ekotizimi operatori — O‘zbekistonda chakana savdoni avtomatlashtirish yechimlari bo‘yicha yetakchi bo‘lgan BILLZ SaaS-platformasining nazorat paketini sotib olganini e’lon qiladi. Yangi hamkorlik Guruhning kichik va o‘rta biznes segmentidagi (KO‘B) mavqeini sezilarli darajada kuchaytiradi. 

Strategik sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvda nazarda tutilgan bitim tartibga soluvchi organlar tomonidan zarur ruxsatnomalar olinganida amalga oshiriladi va O‘zbekistonning tez o‘sib borayotgan texnologik sektoridagi so‘nggi 30 yildagi eng yirik qo‘shilish va sotib olishlar qatoriga kiradi. Guruhning Markaziy Osiyodagi raqamli banking ekotizimi bo‘lgan TBC Uzbekistan bilan hamkorlik natijasida BILLZ platformasi TBC Uzbekistan ekotizimiga integratsiya qilinadi.

TBC Bank Group BILLZ aksiyalarining 12 million AQSH dollargacha bo‘lgan nazorat paketini sotib oladi. Dastlab 53% ulush 9 million AQSH dollariga sotib olinadi. Keyingi ikki yil ichida paket hajmi 60% gacha oshirilishi rejalashtirilgan. Bitim tugagandan so‘ng BILLZ'ning qiymati 20 million AQSH dollarini tashkil qilishi mumkin.  Hamkorlik va rejalashtirilgan investitsiyalar BILLZ va TBC Uzbekistan'ning o‘sishi uchun qo‘shimcha imtiyozlar yaratadi. Bitim shartlariga ko‘ra, BILLZ platformasi o‘z brendi ostida ishlashni davom ettiradi, ammo TBC Uzbekistan ekotizimiga to‘liq integratsiya qilinadi. BILLZ rahbariyati va jamoasi o‘z pozitsiyalarini saqlab qoladi hamda yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va sotishni boshqarishda davom etadi. TBC Bank Group BILLZning qolgan 40% ulushiga nisbatan sotib olish yoki sotish bo‘yicha opsion shartnomasini tuzdi, bitim tugaganidan keyin opsion 36 oy o‘tgach amalga oshirilishi mumkin.

Hamkorlik mijozlarni jalb qilish hamda TBC Uzbekistan va BILLZ daromadlarining o‘sishiga yordam beradi. London fond birjasida ro‘yxatga olingan TBC Bank Group tarkibiga kiruvchi TBC Uzbekistan jismoniy shaxslar va kichik biznes uchun raqamli to‘lovlar bo‘yicha payme ilovasi, to‘lovlarni bo‘lib to‘lash uchun dinamik rivojlanayotgan payme nasiya xizmati, shuningdek, mamlakatdagi eng yirik raqamli bank TBC Bank orqali taqdim etilgan.

BILLZ — kichik biznes uchun chakana savdoni boshqarishning keng qamrovli SaaS platformasi bo‘lib, operatsiyalarni optimallashtirish va sotuvni ko‘paytirish uchun  POS sohasidagi yechimlar, tovar zaxiralarini boshqarish, CRM, elektron tijorat va tahlilni o‘z ichida birlashtiradi. Platforma marketing jarayonlarini soddalashtiradi va kichik biznesning onlayn o‘sishi va rivojlanishiga yordam berish uchun Marketplace va ijtimoiy media bilan muammosiz integratsiya qilinadi. Hozirgi vaqtda BILLZ 4 mingdan ortiq chakana korxonalar bilan ishlaydi va oyiga 1,5 milliondan ortiq tranzaksiyalarni amalga oshiradi. Bu butun mintaqadagi eng ko‘p talabga ega bo‘lgan SaaS platformalaridan biridir. BILLZ bilan integratsiya TBC Uzbekistan'ga minglab mijozlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishni ta’minlash va mavjud ekotizim doirasida qo‘shimcha sinergiya yaratish orqali KO‘Bning strategik muhim segmentida ishtirok etishni kengaytirish imkonini beradi. Bu har bir foydalanuvchi uchun o‘rtacha daromadni va mijozlarning sodiqligini oshiradi. O‘z navbatida, BILLZ foydalanuvchilari TBC Bank'ning bank va kredit mahsulotlari, payme to‘lov yechimlari va TBC Uzbekistan ekotizimining boshqa xizmatlaridan qulay foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shartnoma O‘zbekistonning butun texnologik sektori uchun muhim ahamiyatga ega. Bu strategik investorlarning aholi soni bo‘yicha Markaziy Osiyodagi eng yirik mamlakatda raqamli xizmatlarga bo‘lgan talabning ortishi bilan bog‘liq bo‘lgan O‘zbekiston FinTech startaplariga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini ko‘rsatadi. Texnologik sektorning rivojlanishiga qulay makroiqtisodiy muhit yordam bermoqda: so‘nggi o‘n yil ichida O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘rtacha yillik o‘sishi 6%ni tashkil etdi.

BILLZ bilan strategik hamkorlik raqamli bank ekotizimining bir qismi sifatida taqdim etilgan TBC Uzbekistan mahsulotlari qatorining izchil kengayishi jarayonida amalga oshirildi. Aprel oyida biznes segmenti mijozlari uchun yangi kreditlash xizmati ishga tushirildi, o‘tgan yili esa TBC Uzbekistan Osmon Card kredit kartasi va Salom Card debet kartasini taqdim etdi. Ushbu mahsulotlar allaqachon bozorning yangi segmentlariga kirish, daromad manbalarini diversifikatsiya qilish va TBC Uzbekistan ekotizimining o‘sishini rag‘batlantirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.

Nika Kurdiani, CEO TBC Uzbekistan:

“2019-yilda O‘zbekiston bozoriga kirganimizdan beri TBC mamlakatning moliyaviy va texnologik sektorini rivojlantirishda yetakchi rolni o‘ynamoqda. Biz bozorni shakllantirishning asosiy strategik investori va faol ishtirokchisi sifatida harakat qildik va raqamli bank ekotizimimiz raqamli mahsulotlarning kirib borish darajasi ilgari yetarli bo‘lmagan bozorda yangi sifat standartini o‘rnatdik. Bozor yetakchisi BILLZ bilan strategik hamkorlik bizga O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan startap hamjamiyatini qo‘llab-quvvatlashda yordam beradi.

Bizning rejalarimiz O‘zbekistonning texnologik sektorini rivojlantirishning muhim bosqichini belgilab bergan yangi sheriklik doirasida innovatsiyalarni  joriy etishni davom ettirish va mahsulot turlarini kengaytirishdan iborat. Biz Rustam Hamdamov va BILLZ asoschilar jamoasi tomonidan amalga oshirilgan ishlarni hamda  platformani sanoat yetakchilaridan biriga aylantirganlarini yuqori baholaymiz, va BILLZning TBC tuzilmasiga integratsiyalashuvini olqishlaymiz. Ishonchim komilki, bu hamkorlik platformaning o‘sishi va rivojlanishiga yordam beradi va ekotizimimiz doirasida qo‘shimcha sinergik ta’sir ko‘rsatadi, bu esa mijozlarni yanada ko‘proq jalb qilish, ularning sodiqligini oshirish va daromadlarning o‘sishiga olib keladi”.

Rustam Hamdamov, BILLZ CEO va asoschilaridan biri:

“TBC Uzbekistan bilan hamkorlik nafaqat BILLZ, balki butun Markaziy Osiyo startap ekotizimi uchun muhim yutuqdir. So‘nggi bir necha yil ichida biz biznesni rivojlantirish va raqamlashtirish uchun zamonaviy vositalarni chakana savdo sohasida minglab kichik biznes uchun qulay qilish ustida ishladik. TBC Uzbekistan bilan hamkorlik bizning imkoniyatlarimizni sezilarli darajada kengaytiradi, mijozlarga ular uchun dolzarb bo‘lgan yangi xizmatlarni taklif qilish va mintaqada strategik vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish imkonini beradi. Biz jamoamizning yutuqlari bilan faxrlanamiz va TBC bilan hamkorlik biznesimizni rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochishiga aminmiz”.

TBC Capital bitim doirasida aktivlarni sotib olish bo‘yicha TBC PLC'ning yagona maslahatchisidir.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling