Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tatariston Respublikasi rahbari Rustam Minnixanov Qoraqalpog‘iston delegatsiyasini qabul qildi. Delegatsiyaga Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari Rasul Zarifqulov rahbarlik qildi.
Tomonlar Tatariston va Qoraqalpog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikni yuqori baholadilar, jumladan, Qozonda Qoraqalpog‘iston Madaniyat kunlarining muvaffaqiyatli o‘tkazilgani va joriy yil may oyida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvning imzolanganini ta’kidladilar.
Uchrashuvda hududlararo aloqalarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro tashriflar, sayyohlik tadbirlari va talabalar almashuv dasturlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.