Tadbirkorlarning vaqt va mablag‘ bilan bog‘liq ortiqcha xarajatlarini qisqartirish
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Qarori qabul qilindi.
2025-yil 1-maydan tadbirkorlar tan olgan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha soliq organi tadbirkorlarning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish tartibi joriy etiladi:
- tadbirkor soliqqa oid huquqbuzarlikni tan olganda, soliq organi mustaqil ravishda bank operatsiyalarini to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
- tadbirkor soliqqa oid huquqbuzarlikni tan olmagan va e’tiroz bildirgan taqdirda, amaldagi tartibga muvofiq sud tomonidan hal etilishi belgilanmoqda.
Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli o‘zgarishlar kiritilganidan keyin amaliyotga joriy etiladi.
Soliq to‘lovchilar soliq hisobotlarini belgilangan muddatdan keyin 10 kun ichida taqdim etmaganda, bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari to‘xtatib turiladi.
Soliq organi faqat 10 kundan ko‘p bo‘lmaganda hisobvaraq operatsiyalarini to‘xtatib turishi mumkin.
10 kundan ko‘p bo‘lganda, faqat sudning qarori asosida amalga oshiriladi.