Valyuta kurslari 19/08/2025
$1 – 12497.19
UZS – -0,4%
€1 – 14597.97
UZS – -0,46%
₽1 – 155.71
UZS – -0,83%
Qidirish
Iqtisod 19/08/2025 Sud qarorlarini ijro etish bosqichida daʼvoni taʼminlash instituti joriy etiladi

Sud qarorlarini ijro etish bosqichida daʼvoni taʼminlash instituti joriy etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qonun bilan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, qarzdor ijro ishi bo‘yicha kafolat mablag‘larini kiritish xukukiga ega.

Mablag‘larini kiritish qarzdor tomonidan unga nisbatan mulkiy tusdagi sud hujjati bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini majburiy ijro organining depozit hisobvarag‘iga to‘liq yoki qisman pul o‘tkazish yo‘li bilan taʼminlashdan iboratdir.

Kafolat mablag‘larini kiritish ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish, qarzdorga va uning mol-mulkiga nisbatan belgilangan cheklovlarni bekor qilish uchun asos bo‘ladi.

Kafolat mablag‘larini kiritish quyidagi hollarda qo‘llanadi:

ijro hujjatini berish uchun asos bo‘lgan sud hujjati ustidan berilgan shikoyat yoki keltirilgan protest sud tomonidan qabul qilinganda;

davlat ijrochisining harakati (qarori) ustidan shikoyat berilganda.

Kafolat mablag‘lari quyidagi hollarda 3 kunlik muddatda qaytariladi:

ijro hujjatini berish uchun asos bo‘lgan sud hujjati bekor bo‘lganda;

ijro hujjati amalda ijro etilganda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling