Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya Boshqarmasi tomonidan bu yil to‘rtinchi marta tashkil etilayotgan Xalqaro Strategik Kommunikatsiya Forumi (Stratcom Summit’24) “Kommunikatsiyada Sun’iy Intellekt: Tendentsiyalar, Tuzoqlar va O‘zgarishlar” mavzusida 13-14 dekabr kunlari Istanbulda bo‘lib o‘tadi.
Turkiya Republikasi Vitse-Prezidenti Jevdet Yilmaz va Prezident huzuridagi Kommunikatsiya Boshqarmasi rahbari Fahrettin Altunning ochilish nutqlari bilan boshlanadigan forumga, Tashqi Ishlar Vaziri Hakan Fidan, ko'plab davlatlarning kommunikatsiya, axborot va media vazirlari hamda aloqa rahbalari ishtirok etadi.
Prezident huzuridagi Kommunikatsiya Boshqarmasi rahbari Altun: “Biz Stratcom global bir brend va yetakchi hamkorlik markaziga aylanganidan juda xursandmiz”.
“Biz hammamiz ko‘rib turibmizki, sun’iy intellekt va yangi texnologiyalar kommunikatsiya sohasida inqilobiy imkoniyatlar yaratib bermoqda. Biroq, bu o'zgarish faqat ijobiy jihatlari bilan kelmayapti. Ushbu o'zgarishning, shuningdek, e'tibor berilishi kerak bo'lgan juda muhim xavflari ham mavjud. Biz Istanbulda o’tkazayotgan Stratcom 24da, dunyoning turli davlatlaridan kelgan ishtirokchilar bilan birgalikda bu imkoniyatlar va xavflarni, sun'iy intellekt texnologiyalarini insoniyatga foyda keltiradigan tarzda qanday shakllantirishimiz kerakligi kabi masalalarni muhokama qilamiz.
Forumning asosiy mavzulari:
Stratcom Summit’24 forumi sun’iy intellekt kommunikatsiya sohasida olib kelayotgan o‘zgarishlarni muhokama qiladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa, yangi strategiyalar, jurnalistika, raqamli ommaviy axborot vositalari, diplomatiya, dezinformatsiyaga qarshi kurash, inqirozlarni boshqarish, raqamli etika va kiberxavfsizlik kabi mavzular ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, forumda sun’iy intellektning inqirozli kommunikatsiyalarda, kiberxavfsizlikda va jurnalistikada qo‘llanilishi, shuningdek, sun’iy intellektning diplomatiya va tashqi siyosatga ta’siri muhokama qilinadi.
Forumda 30 mamlakatdan 3 000 dan ortiq mehmonlar ishtirok etadi. Dasturda 8 ta panel muhokamasi, 4 ta ma’ruza va yetakchi xalqaro ekspertlar ishtirokida 6 ta yakkama-yakka sessiyalar o‘tkaziladi. Ishtirokchilar orasida Turkiya Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Aqiyf Chog‘atay Qilich, Ozarbayjon Prezidentining yordamchisi Hikmat Hajiyev, Liviya aloqa vaziri Vali Amma Al-Lafiy kabi mutaxassislar bor.
Stratcom Summit’24 dasturi:
Dasturning birinchi kunida “Milliy strategiyada sun’iy intellekt: raqamli transformatsiya va strategiya”, “Sun’iy intellekt davrida raqamli shaffoflik: ma’lumotlar xavfsizligi orqali jamoatchilik manfaatlarini ta’minlash”, “Xalqaro strategik aloqada sun’iy intellekt: Global hamkorliklar va huquqiy tartibga solish”, “Dezinformatsiyaga qarshi kurashda sun’iy intellekt: davlat tashkilotlari uchun strategik vositalar” panellari tashkil etiladi.
Ishtirokchilar uchun imkoniyatlar:
Tadbir maydonida esa Prezident huzuridagi Kommunikatsiya Boshqarmasi, TRT (Turkiya teleradiokompaniyasi), AA (“Anadolu” Agentligi), Matbuot reklama agentligi, Mudofaa sanoati boshqarmasi (SSB), TOBB, ITU va Yıldız Texnik Universiteti stendlari ishtirokchilar uchun ochiq bo‘ladi. Tadbirga qatnashuvchilar shunigdek tadbir uchun maxsus ishlab chiqilgan sun'iy intellekt tajriba zonalarini ham ko’rishga muyassar bo‘ladilar.
Faxrettin Altun forumning xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, axborot almashish va sun’iy intellektni kommunikatsiyani yaxshilash uchun moslashtirishga yordam beradigan yechimlarni ishlab chiqishdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.