Valyuta kurslari 21/01/2025
$1 – 12975.09
UZS – 0,06%
€1 – 13373.43
UZS – 0,16%
₽1 – 127.63
UZS – 0,9%
Qidirish
Dunyo 12/01/2025 Strasburgda ikki tramvay to‘qnashib ketdi

Strasburgda ikki tramvay to‘qnashib ketdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 11-yanvar kuni Fransiyaning Strasburg shahridagi Gare Centrale stansiyasida, markaziy vokzal yaqinida, ikki tramvay to‘qnashib ketdi.

Hodisa natijasida 50 ga yaqin kishi jarohat oldi, besh nafari og‘ir ahvolda

Nijniy Reyn departamenti yong‘in-qutqaruv xizmati direktori Rene Sile ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanganlar orasida bosh jarohatlari, sinish va chiqishlar bor. Jabrlanganlarning yarmiga yaqini shifoxonaga joylashtirildi.

Hodisa joyida 130 dan ortiq yong‘in-qutqaruv xodimlari ish olib bormoqda. Stansiyada tramvay harakati to‘xtatildi, vokzal oldi maydoni politsiya tomonidan o‘rab olindi. Avtobuslar harakati ham vaqtincha to‘xtatildi.

Hodisaga dastlabki sabab – yo‘l o‘tkazgichi (strelka) noto‘g‘ri yo‘nalishga ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Hozirda hodisa yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Strasburg meri Janna Barsegyan hodisa joyiga tashrif buyurib, qutqaruv xizmati xodimlariga minnatdorlik bildirdi va aholini qutqaruv ishlariga to‘sqinlik qilmaslikka chaqirdi.

Bu 1994-yilda Strasburgda tramvay harakati tiklanganidan beri eng yirik tramvay to‘qnashuvi hisoblanadi. Shahar aholisiga markaziy vokzal hududidan uzoqroq bo‘lish tavsiya etilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling