Valyuta kurslari 25/07/2025
$1 – 12653.48
UZS – -0,85%
€1 – 14871.64
UZS – -0,71%
₽1 – 159.75
UZS – -1,79%
Qidirish
Iqtisod 24/07/2025 Stone City Energy kompaniyasi O‘zbekiston bilan energetika sohasida hamkorlikni kengaytirishga tayyor

Stone City Energy kompaniyasi O‘zbekiston bilan energetika sohasida hamkorlikni kengaytirishga tayyor

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Issiqliktaʼminoti” AJ rahbariyati Niderlandiyaning “Stone City Energy” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ushbu kompaniya Surxondaryo viloyatida 1,560 MVt quvvatga ega, qiymati $1,2 milliard dollarni tashkil qiluvchi issiqlik elektr stansiyasi qurilishi loyihasi ustida ishlamoqda. Muhim tomoni, Stone City Energy SIMENS Energy kompaniyasining zamonaviy HL tipidagi uskunalaridan foydalanmoqda va bu tabiiy gazni 1,1 mlrd kub metrga tejash, yuqori samaradorlikni 63% ko‘tarish imkonini beradi.

Uchrashuvda, “Stone City Energy” faol hamkorlik tarafdori ekanini bildirdi va ularga davlat xususiy sherikchilik shartlari asosida ishlash mumkin bo‘lgan qator loyihalar xususida maʼlumotlar berildi.

Kompaniya vakillari innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda, jamiyat manfaati va atrof-muhitni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan loyihalar taklifini ishlab chiqadigan bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling