Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Moskvaning SSKA klubi va O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbos Fayzullayevning maoshini oshirishga qaror qildi, ammo uning shartnomasining muddatini uzaytirmadi.
Klubning bosh direktori Kirill Babayevning aytishicha, bu qaror futbolchining yaxshi o‘yin ko‘rsatgani va jamoa muvaffaqiyatiga qo‘shgan hissasini hisobga olib qabul qilindi.
"Abbosning maydondagi harakatlari va ishga munosabati alohida e’tiborga loyiq. Shuning uchun uning maoshini oshirishga qaror qildik. Bu qaror shartnomani uzaytirish bilan bog‘liq emas, balki uning hozirgi yutuqlari bilan bog‘liq", — dedi Babayev.
Shu bilan birga, u Fayzullayevning maoshi qanchalik oshirilganini aniqlashtirmadi.
Babayev, shuningdek, SSKAga boshqa klublardan futbolchining transferi bo‘yicha hech qanday taklif kelib tushmaganini ta’kidladi.
Abbos Fayzullayev 2023-yil yozida "Paxtakor"dan SSKAga 500 ming yevro evaziga o‘tgan va "3+1" formatidagi shartnoma imzolagan. Joriy mavsumda 21 yoshli futbolchi armiyachilar safida 23 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol urib, 6 ta assist qilgan.