Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy bank rahbariyati bilan uchrashuvda Sohar International kompaniyasining O‘zbekiston bank bozoriga kirish rejalari hamda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Sohar International vakillari bankning strategik qarashlarini taqdim etdilar va O‘zbekiston bank tizimining yuqori investitsion salohiyatini ta’kidlab, mamlakat bozoriga kirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
O‘z navbatida, Markaziy bank moliya bozorini yanada rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va bank sohasiga xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.