Sodiq Safoyev Rim papasi Fransiskning dafn marosimida ishtirok etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 26-aprel kuni Vatikanning Avliyo Pyotr maydonida Rim papasi Fransiskning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ham O‘zbekiston tomonidan rasmiy vakil sifatida qatnashdi.
Dafn marosimida jahonning ko‘plab mamlakatlari rahbarlari, qirollik oilalarining aʼzolari va taniqli din arboblari ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, Rim papasi Fransisk 2025-yil 21-aprel kuni 88 yoshida Vatikandagi qarorgohida vafot etgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rim papasi Fransiskning vafoti munosabati bilan Rim-katolik cherkovi Kamerlengosi Kardinal Kevin Farrellga hamdardlik yo‘llagan edi.