Valyuta kurslari 05/08/2025
$1 – 12621.29
UZS – -0,82%
€1 – 14596.52
UZS – 0,61%
₽1 – 158.44
UZS – -0,13%
Qidirish
O‘zbekiston 24/02/2025 Sloveniya o‘zbek tibbiyot mutaxassislarini jalb qilishdan manfaatdor

Sloveniya o‘zbek tibbiyot mutaxassislarini jalb qilishdan manfaatdor

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Lyublyana shahrida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori o‘rinbosari Matlab Qo‘ranov va Sloveniya Bandlik xizmati bosh direktori Greta Metka Barbo Shkerbins hamda departament direktori Anka Rode o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

Uchrashuv O‘zbekistonning Budapeshtdagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi va mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlandi. Sloveniya tomoni o‘z tibbiyot muassasalarida ishlash uchun O‘zbekistondan vrach va hamshiralarni jalb qilishga qiziqish bildirdi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Migratsiya agentligi va Sloveniya Bandlik xizmati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi protokol imzolandi. Bu hujjat erishilgan kelishuvlarni huquqiy jihatdan mustahkamlaydi.

Kelgusida tomonlar o‘zbek mutaxassislarini jalb qilish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Shu doirada Sloveniya O‘zbekistonda ishga joylashish, mutaxassislar malaka talablari va litsenziya olish shartlariga bag‘ishlangan axborot tadbirlarini o‘tkazishni mo‘ljallamoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling