Slovakiya kompaniyasi Xorazmda raps yetishtirish va bioetanol ishlab chiqarishga $170 million investitsiya kiritadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Slovakiya kompaniyasi Tuproqqalʼa tumanida 500 gektar qum yerlarni o‘zlashtirish uchun 10 million dollar miqdorida investitsiya kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev maʼlum qildi.
Davlat rahbari taʼkidlaganidek, xorijiy investor loyihani kengaytirish niyatida bo‘lib, qo‘shimcha ravishda 4,5 ming gektar qum yerlarni qishloq xo‘jaligi aylanmasiga kiritishni rejalashtirmoqda.
Loyihaning ushbu bosqichini amalga oshirish uchun yana 170 million dollar miqdorida investitsiya yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Asosiy maqsad — raps yetishtirish va keyinchalik bioetanol ishlab chiqarishdir.
Prezident masʼul tuzilmalarga ushbu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni taʼminlash vazifasini topshirdi.
#Shavkat Mirziyoyev