Valyuta kurslari 07/01/2025
$1 – 12930.11
UZS – -0,09%
€1 – 13390.42
UZS – 0,36%
₽1 – 120.94
UZS – 3,26%
Qidirish
Iqtisod 05/01/2025 Silk Uzbekistan Fashion Week mukofot jamg‘armasi $1 milliongacha kamaytirildi

Silk Uzbekistan Fashion Week mukofot jamg‘armasi $1 milliongacha kamaytirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xalqaro moda haftaligi Silk Uzbekistan Fashion Week mukofot jamg‘armasi $2 milliondan $1 milliongacha kamaytirildi.

Mazkur qaror O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan tegishli farmon asosida qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tadbirni tashkil etish tashabbusi 2024-yil yanvar oyida davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan edi.

Silk Uzbekistan Fashion Week doirasida dunyodagi yetakchi moda uylari o‘zbek ipagidan tayyorlangan kiyimlar yaratish bo‘yicha bellashadilar.

Rejaga ko‘ra, mazkur moda haftaligi muntazam ravishda o‘tkazilib, har ikki yilda bir marta — may oyida tashkil etilishi mo‘ljallangan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling