Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy Osiyodagi eng yirik turizm majmuasi bo‘lgan “Silk Road Samarkand” (Samarqand Turizm Majmuasi) 2024-yilni muvaffaqiyatli yakunladi. So‘nggi yillarda kompleks o‘zining xalqaro tadbirlar o‘tkazish markazi sifatidagi o‘rnini mustahkamladi va turistik hamda madaniy infratuzilmasini kengaytirdi.
20 dan ortiq yirik tadbirlar, tashrif buyuruvchilar sonining 50 foizga oshishi, xalqaro mukofotlar va ekologik toza energiya – bularning barchasi O‘zbekistondagi yagona turistik majmuaning 2024-yildagi asosiy yutuqlari bo‘ldi.
Majmua CMS Konvensiyasining 14-chi uchrashuvi COP-14, FIAning 120-chi Bosh Assambleyasi, Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon chempionati, OIIB Boshqaruv kengashining 9-chi yig‘ilishi kabi katta tadbirlarda 150 000 dan ortiq mehmonni qabul qildi, jumladan Germaniya kansleri Olaf Sholts va Coca-Cola kompaniyasining bosh direktori Jeyms Kvinsilar ham mehmonimizga aylandilar.
2024-yil davomida majmuaga tashrif buyuruvchilar soni o‘tgan yilga nisbatan 50 foizga oshib, 80 028 kishini tashkil etdi. Bu Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Turkiya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan kelgan sayyohlarning katta qiziqishlari isboti.
Mukofotlar va e’tiroflar:
Infratuzilma yutuqlari haqida alohida ta’kidlash lozim. 2024-yilda oilaviy dam olish uchun Waterland akvaparkining ochilishi ichki turizmni rivojlantirishga xizmat qildi. Shuningdek, “Boqiy Shahar” etnografik parkida Qur’on muzeyining ochilishi Samarqandning yana bir diqqatga sazovor joyiga aylanishiga katta hissa qo‘shdi.
Bu loyihalar mavjud infratuzilmani to‘ldirib, mehmonlarga qo‘shimcha dam olish imkoniyatlarini taqdim etdi.
“Silk Road Samarkand” ekologik standartlarga rioya qilishni an’anaga aylantirgan. 2023-yilda kompleksni, shu jumladan, majmua ichki va tashqi yoritish tizimlari quyosh energiyasi bilan ta’minlaydigan quyosh elektr stantsiyasi ishga tushirildi. Shuningdek, 2024-yilda energiya iste’molini sezilarli darajada kamaytirish maqsadida quyosh panellari va “aqlli xona” tizimlari o‘rnatila boshlandi.
Majmua xalqaro ISO standartidagi sertifikatlarga ega bo‘lib, bu uning yuqori sifat standartlariga va barqaror rivojlanish maqsadlariga sodiqligini tasdiqlaydi.
Erishilgan natijalar asosida, 2025-yilga mo‘ljallangan rejalarda “Silk Road Samarkand”ning mintaqadagi ilg‘or turistik majmua sifatidagi obro‘sini yanada rivojlantirishga qaratilgan maqsadlar ko‘zda tutilgan. Ushbu yildagi eng asosiy rejalar:
“Silk Road Samarkand” turistik majmuasi mehmondo‘stlik sohasida yuqori standartlar o‘rnatishda davom etib, samarali faoliyatini, qolaversa barqaror rivojlanishga bo‘lgan sodiqligini ko‘rsatadi. O‘zbekistonning dunyoda turizm sohasidagi o‘rnini mustahkamlashga hissa qo‘shib, madaniy hamda biznes aloqalarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.