Valyuta kurslari 07/03/2025
$1 – 12918.36
UZS – 0,14%
€1 – 13951.83
UZS – 0,96%
₽1 – 144.65
UZS – 0,59%
Qidirish
Moliya 10/03/2025 SID Bank O‘zbekiston banklari bilan bevosita hamkorlik qilishga tayyor

SID Bank O‘zbekiston banklari bilan bevosita hamkorlik qilishga tayyor

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston diplomatlari Sloveniyaning "SID Bank" taraqqiyot va eksport banki boshqaruv raisi hamda bosh direktori Borut Yamnik bilan muzokara o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekiston-Sloveniya savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy aloqalarini kengaytirish, mamlakatimiz banklari va moliya tashkilotlari bilan to'g'ridan-to'g'ri sheriklikni chuqurlashtirishning muhimligi qayd etildi.

Borut Yamnikning aytishicha, "SID Bank" Sloveniyadagi hamkorlari orqali O'zbekistonda farmatsevtika, aloqa va axborot kommunikatsiyalar sohalarida loyihalarni amalga oshirmoqda.

Uchrashuv natijasida "SID Bank" taraqqiyot va eksport banki tomonidan O'zbekiston banklari uchun maxsus kredit liniyalarini ochish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling