Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tibet avtonomiya hududidagi Sichjan shahrida sodir bo‘lgan 6,8 magnitudali zilzila qurbonlari soni 95 kishiga yetdi, deb xabar berdi «Sinxua» axborot agentligi.
Seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 09:05 da uyezd Dinji /Tingri/, Shigadze shahri hududida sodir bo‘lgan tabiiy ofat natijasida yana 130 kishi turli darajada tan jarohati olgan.
Zilzilaning epitsentri Dinji uyezdining Sogo qishlog‘i yaqinida joylashgan. Epitsentrdan 20 km radiusda 27 ta qishloq mavjud bo‘lib, bu yerda taxminan 6,9 ming kishi istiqomat qiladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Dinji uyezdining umumiy aholisi 61 ming kishidan ortiq.
Zilzila ta’sir etgan hududga 3400 dan ortiq qutqaruvchi va 340 dan ziyod tibbiyot xodimlari jalb qilindi.
Meteorologik xizmatning ma’lum qilishicha, Dinji uyezdida yaqin uch kun ichida asosan quyoshli ob-havo kutilmoqda. Havo harorati minimal darajada −18 dan −14°C gacha pasayadi.