Shveysariyadan O‘zbekistonga Gulnora Karimovaga tegishli 95 million dollar qaytarildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonga Shveysariyada saqlanib kelgan va Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan 95 million dollar miqdoridagi noqonuniy egallangan mablag‘lar qaytarildi.
Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fozilkarimov 24 aprel kuni Olmaliqda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida maʼlum qildi, deb xabar beradi Daryo.
Fozilkarimovning so‘zlariga ko‘ra, Shveysariya tomoni bilan jami 131 million dollar mablag‘ni qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Hozirga qadar 87 million dollar allaqachon O‘zbekistonga o‘tkazilgan.
Mazkur mablag‘lar sog‘liqni saqlash va taʼlim tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda — har bir yo‘nalish uchun 43,5 million dollardan ajratiladi.