Valyuta kurslari 22/04/2025
$1 – 12909.64
UZS – -0,22%
€1 – 14908.05
UZS – 1,34%
₽1 – 159.75
UZS – 0,15%
Qidirish
Iqtisod 14/04/2025 Shinjonlik tadbirkorlar Farg‘onaga investitsiya kiritishga katta qiziqish bildirmoqda

Shinjonlik tadbirkorlar Farg‘onaga investitsiya kiritishga katta qiziqish bildirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Urumchi shahrida o‘ndan ortiq shinjonlik tadbirkorlar va kompaniyalar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekistonning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni bilan tovar ayirboshlash hajmi oshayotgan bo‘lib, bugungi kunda mamlakatlarimiz o‘zaro savdosining qariyb 10 foizi shu hududga to‘g‘ri keladi.

SHUARning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikdagi “yashil” energetika va elektrotexnika, qurilish tarmog‘i va yangi turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarish, metallurgiya, infratuzilmani modernizatsiya qilish va boshqa yo‘nalishlarda loyihalar amalga oshirilmoqda.

Viloyat rahbari kompaniya vakillari va tadbirkorlar bilan muloqotda mamlakatimizda, xususan, Farg‘onada xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlar haqida ma‘lumot berdi.

Shinjonlik tadbirkorlar viloyatimizda “aqlli” qishloq xo‘jaligi, qurilish va qurilish mahsulotlari, elektrotexnika, alyumin eshik va romlar ishlab chiqarish kabi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga, Farg‘onaga investitsiya kiritishga katta qiziqish bildirayotganliklari ma‘lum qilindi.

Viloyat hokimi ularning loyihalarini qo‘llab-quvvatlab, hamkorlikni boshlash uchun Farg‘onaga taklif qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling