Valyuta kurslari 10/01/2025
$1 – 12940.44
UZS – -0,17%
€1 – 13336.42
UZS – -0,31%
₽1 – 126.85
UZS – 2,56%
Qidirish
O‘zbekiston 11/01/2025 Shifokorlar ikki yoshli qizchaning oshqozonidan 135 ta magnit sharchalarni olib tashlashdi

Shifokorlar ikki yoshli qizchaning oshqozonidan 135 ta magnit sharchalarni olib tashlashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari ikki yoshli Samiraning oshqozonidan 135 ta magnit sharchalarni muvaffaqiyatli chiqarishdi.

Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan kichkintoy qizaloq magnit sharchalar bilan o‘ynab, ularni asta-sekin yutib yuborgan. Natijada, ular oshqozonda ikki qismga yig‘ilib, uning hayoti uchun jiddiy xavf tug‘dirgan.

Qizaloq avval Farg‘ona viloyati filialiga yetkazilgan. Shifokorlar konservativ usulni qo‘llab, qusish orqali faqat 14 ta magnitni chiqarishga muvaffaq bo‘lishgan.

Biroq, holati yomonlashgani sababli u Toshkentga yuborilgan va bu yerda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Operatsiya to‘rt yarim soat davom etgan.

Hozirgi vaqtda Samiraning ahvoli barqaror bo‘lib, u vrachlar nazoratida.

Operatsiyani tibbiyot fanlari doktori, professor Habibulla Okilov, shuningdek, RSHTYOIM mutaxassislari Nozim Urmonov va Dilmurod Sabirov o‘tkazishgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling