Valyuta kurslari 26/12/2024
$1 – 12928.27
UZS – 0,14%
€1 – 13462.21
UZS – 0,35%
₽1 – 129.66
UZS – 0,44%
Qidirish
Iqtisod 25/12/2024 Sherobod sement zavodi gaz qarzi bo‘yicha norozilik bildirdi

Sherobod sement zavodi gaz qarzi bo‘yicha norozilik bildirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasiga joriy yilning oktyabr oyidagi “Sherobod sement zavodi” MCHJning murojaati kelib tushgan.

Ushbu murojaatda “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan “Sherobod sement zavodi” MCHJga tarif rejalarini hisoblashda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligi hamda oldindan to‘langan mablag‘lar inobatga olinmaganligi, shu sababli asossiz qarzdorlik hisoblanganligi keltirib o‘tilgan.

O‘rganish jarayonida, “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan 2022-yil iyul va avgust oylarida gaz uchun qo‘llanilgan tarif (narx)lar noto‘g‘ri hisoblanganligi aniqlandi.

“Sherobod sement zavodi” MCHJ 2022-yil 3-avgustgacha “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ tarkibiga kirgan. Ushbu vaqtda gaz ta’minotiga oldindan to‘lov qilinganligi hamda “Sherobod sement zavodi” 2022-yilda MCHJ sifatida ajralib chiqqandan so‘ng 2022 yil avgust oyi uchun eski tarif rejasi bo‘yicha bir metr kub uchun 1300 so‘m yechib olinganligi aniqlandi. Aslida esa MCHJ uchun bir metr kub gaz 1000 so‘m etib belgilangan. Shu sababli tadbirkorlik subyektiga ortiqcha 1 mlrd so‘mga yaqin qarzdorlik hisoblanganligi aniqlandi.

Natijada, mazkur holat yuzasidan hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialiga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, asossiz hisoblangan mablag‘ni “Sherobod sement zavodi” MCHJ foydasiga qayta hisob-kitob qilish to‘g‘risida qaror va ko‘rsatmalar berildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling