Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi joriy yil hisobidan xalqaro maydondagi dastlabki medallarini qo‘lga kiritdi.
Bugun start olgan Parij “Katta dubulg‘a” turnirining ilk kunida sportchilarimiz oltin va bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Oltin medalni -73 kg vazn toifasida kurashgan Shahram Ahadov keltirdi.
Shuningdek, yosh dzyudochilarimizdan biri Bahrom Boturov (-60 kg) IJF tasnifidagi debyut turnirini bronza medali bilan yakunladi.