Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli ta’tilga chiqdi. Bu haqda Prezidentning matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
«6-yanvar 2025-yildan boshlab O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilda bo‘ladi», — dedi Asadov.
Matbuot kotibi davlat rahbarining ta’tili qancha davom etishi haqida ma’lumot bermagan.
Shuningdek, Prezident 2024-yil aprel va iyul oylarida ham qisqa muddatli ta’tilga chiqqan edi.
#Shavkat Mirziyoyev