Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining raisi etib saylandi.
Bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining Bosh Assambleyasida yangi raisi saylovi masalasi ko‘rib chiqildi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surildi va bir ovozdan saylandi.
Shuningdek, Bosh assambleya MOQ raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Otabek Umarovni, rais o‘rinbosari lavozimiga Sherzod Tashmatovni, qo‘mita bosh kotibi lavozimiga Oybek Qosimovni sayladi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Prezident Administratsiyasi departamenti rahbari Odil Abduraxmanov, sport vaziri Adham Ikramov, Bosh assambleya a’zolari, shuningdek, federatsiya va assotsiatsiyalarning mas’ullari ham qatnashdi.