Valyuta kurslari 23/12/2024
$1 – 12893.07
UZS – 0,14%
€1 – 13386.87
UZS – -0,15%
₽1 – 125.96
UZS – 0,97%
Qidirish
O‘zbekiston 13/11/2024 Shavkat Mirziyoyev Islom taraqqiyot banki bilan keng ko‘lamli hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoyev Islom taraqqiyot banki bilan keng ko‘lamli hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahriga amaliy tashrif doirasida Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir bilan uchrashdi.

Ushbu yetakchi xalqaro moliyaviy institut bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari Islom taraqqiyot banki bilan sheriklik jadal rivojlanib borayotganini yuqori baholadi. Joriy yilning mart oyida Toshkentda islom dunyosining yetakchi moliya institutlari ishtirokida bank rahbarligidagi Arab muvofiqlashtirish guruhining yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

ITB bilan loyihalar portfeli 4 milliard dollardan oshdi, ularning 40 foizi xususiy sektorga to‘g‘ri kelmoqda.

Bank ishtirokida tashkil etilgan O‘zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shma jamg‘arma kapitali izchil shakllantirilmoqda.

Ta’lim, sog‘liqni saqlash, infratuzilma, tadbirkorlik, ekologiya sohalarida yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, xususiy investitsiyalarni safarbar etish, bank tuzilmalarini loyiha ishlariga faol jalb qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Mamlakatimiz sanoati va tog‘-kon tarmog‘idagi yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda ITBning ishtiroki yuzasidan ham fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling