Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar transport vazirlarining 12-yig‘ilishi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2-iyul kuni Xitoyning Tyanszin shahrida ShHTga a’zo davlatlar transport vazirlarining 12-yig‘ilishi boʻlib oʻtdi. Yig‘ilishga Xitoy Xalq Respublikasi transport vaziri janob Lyu Vey raislik qildi.
Yig‘ilishda transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirok etdi.
Yig‘ilish ishtirokchilari transport aloqalarini kengaytirish, xalqaro logistika yo‘laklarini rivojlantirish, to‘siqlarni qisqartirish va transport sohasida raqamli yechimlarni joriy etish masalalarini muhokama etishdi.