Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shahrisabz aeroporti 13-25 mart kunlari o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi.
Transport vazirligining xabar berishicha, 2025-yil 13-mart Toshkent vaqti bilan soat 05:00 dan 2025-yil 25-mart 05:00 gacha Shahrisabz aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagida kapital ta’mirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi.
Uchish-qo‘nish yo‘lagi ta’mirlangandan so‘ng aeroport o‘rta masofaga mo‘ljallangan zamonaviy ATR-72 samolyotlarini haftasiga uch martagacha qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.