Valyuta kurslari 28/04/2025
$1 – 12957.14
UZS – 0,23%
€1 – 14702.47
UZS – -0,1%
₽1 – 156.56
UZS – 0,53%
Qidirish
Iqtisod 26/03/2025 Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 26-mart kuni Shahrisabz aeroporti ikki haftalik tanaffusdan so‘ng muntazam yo‘lovchi qatnovlarini qabul qilishni boshladi. Havo qatnovini "Silk Avia" kompaniyasining US721 reysi ochdi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 11:17 da Shahrisabz aeroportiga qo‘ndi.

Avval xabar qilinganidek, 13-mart kuni Shahrisabz aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagida kapital ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan edi. Uzoq muddatli foydalanishdan keyin uchish-qo‘nish yo‘lagi sirti mustahkamlanib, yangi asfalt bilan almashtirildi. Yurish yo'lagini ta'mirlash ham yaqin vaqt ichida yakunlanadi, bu esa parvozlar qulayligi va xavfsizligini oshiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling