Sergey Lavrov: Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini ikki barobarga oshiradi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning maʼlum qilishicha, qator yangi infratuzilma loyihalari Rossiyadan O‘zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berish hajmini ikki barobarga oshirish imkonini beradi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.
Lavrov taʼkidlashicha, gaz sohasidagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda va amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari gaz yetkazib berishni sezilarli darajada ko‘paytirish imkonini yaratadi.
Bungacha Qozog‘iston energetika vazirining o‘rinbosari Alibek Jamauov ham Rossiya tabiiy gazining Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tranziti hajmi ortib borayotganini bildirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2023 yil 7 oktyabridan boshlab Rossiyadan Qozog‘iston orqali gaz import qilishni boshlagan.