Valyuta kurslari 13/03/2025
$1 – 12920.00
UZS – -0,09%
€1 – 14102.18
UZS – -0,04%
₽1 – 149.52
UZS – -0,44%
Qidirish
O‘zbekiston 07/02/2025 Senatda Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Senatda Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 7-fevral kuni Oliy Majlis Senatida Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev olib bordi.

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga asosan 2025-yilning 5–9-aprel kunlari 190 ta mamlakatni birlashtirgan Parlamentlararo ittifoqning eng yirik xalqaro tadbiri – 150-yubiley assambleyasiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi.

Xalqaro darajadagi bunday nufuzli tadbir parlamentarizm va barqaror rivojlanishning ijobiy tajribasi yuqori bo‘lgan mamlakatlardagina o‘tkaziladi.

Bunday tadbir Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bor yurtimizda o‘tkazilmoqda.

“Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati” mavzusida o‘tkaziladigan assambleyaning turkum yig‘ilishlarida butun dunyo parlamentlari yetakchilari rahbarligidagi delegatsiyalar tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilish va kambag‘allikni qisqartirish, qonun ustuvorligini taʼminlash, inson huquqlarini himoya qilish, gender tenglikni taʼminlash hamda ilm-fan, texnologiyalarni rivojlantirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Shu munosabat bilan, yig‘ilishda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan mazkur assambleyaga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Assambleya doirasida o‘tkaziladigan har bir tadbirga masʼul mutasaddi tashkilotlarning vazifalari va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan choralar haqida fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling