Valyuta kurslari 16/04/2025
$1 – 12980.89
UZS – 0,09%
€1 – 14722.93
UZS – -0,31%
₽1 – 158.67
UZS – 1,01%
Qidirish
O‘zbekiston 15/04/2025 Senat Raisi Turkiya Respublikasi Elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Senat Raisi Turkiya Respublikasi Elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 15-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ufuk Ulutash bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi davlatlararo va parlamentlararo hamkorlikni yana-da chuqurlashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi, shuningdek, ikki tomonlama aloqalarni kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi.

Tomonlar O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari ikki davlat rahbarlarining muntazam siyosiy muloqoti va yaqin hamkorligi tufayli yuksak darajasini namoyon etib, jadal rivojlanib borayotganini alohida taʼkidladi. Erishilgan natijalarga qoniqish sifatida, parlamentlararo hamkorlikni yana-da mustahkamlashga esa ikki tomonlama strategik sheriklikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralayotgani taʼkidlandi.

Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlik masalalariga, jumladan, bo‘lajak tashriflarni tashkil etish, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish va ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasida tajriba almashishga alohida eʼtibor qaratildi.

Elchi Ufuk Ulutash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yaqinda Turkiyaga amalga oshirgan tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlarning ahamiyatini alohida taʼkidlab, ushbu bitimlar strategik sheriklikni rivojlantirishda yangi bosqichga aylanganini qayd etdi. Shuningdek, Turkiya O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni bundan buyon ham har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi tasdiqlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar xalqaro va mintaqaviy parlament tuzilmalari, shu jumladan Turkiy davlatlar Parlament assambleyasi (TurkPA) doirasida faol hamkorlik qilishga sodiqligini tasdiqladi hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanligini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling