Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbayeva Sankt-Peterburg shahriga tashrifi doirasida Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko hamda Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda V.Matviyenko hamda M.Ashimbayev T.Narbayevani Senat Raisi lavozimiga saylangani bilan tabriklab, kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston parlamenti bilan aloqalarni yangi mazmun bilan boyitish, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, hududiy vakillik organlari o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasi kun tartibidagi muhim vazifalar ijrosi hamda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.