Valyuta kurslari 11/04/2025
$1 – 12968.38
UZS – -0,04%
€1 – 14343.03
UZS – 0,1%
₽1 – 152.37
UZS – 0,78%
Qidirish
O‘zbekiston 07/04/2025 Senat Raisi BMTTDning Yevropa va MDH bo‘yicha mintaqaviy direktori bilan hamkorlikning istiqbollarini muhokama qildi

Senat Raisi BMTTDning Yevropa va MDH bo‘yicha mintaqaviy direktori bilan hamkorlikning istiqbollarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi yordamchisi, BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH bo‘yicha mintaqaviy direktori Ivana Jivkovich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining BMT, shu jumladan uning ixtisoslashgan tuzilmalari, xususan BMTTD bilan o‘zaro hamkorligining dolzarb masalalari,  hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan konstruktiv fikr almashildi.

Тomonlar Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishish, kambag‘allikni qisqartirish, demokratik davlat boshqaruvini mustahkamlash, atrof muhitni muhofaza qilish,  bozor iqtisodiyoti va inklyuziv siyosatni takomillashtirish hamda qishloq hududlarini rivojlantirish kabi masalalarga eʼtibor qaratdi.

Shuningdek, BMT Taraqqiyot dasturi bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling