Valyuta kurslari 05/02/2025
$1 – 12998.91
UZS – 0,11%
€1 – 13439.57
UZS – 1,16%
₽1 – 131.29
UZS – 1,12%
Qidirish
Iqtisod 05/02/2025 Saxa Respublikasi tadbirkorlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Saxa Respublikasi tadbirkorlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov Saxa (Yakutiya) Respublikasi hukumati raisi o‘rinbosari Kim Borisov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Saxa Respublikasi Rossiya Federatsiyasining yirik hududlaridan biri bo‘lib, tabiiy resurslarga boy. Respublika olmos, oltin, neft, gaz kabi qimmatbaho va strategik xom ashyolarning asosiy manbai hisoblanadi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarishi va logistika sohalarida ham rivojlanish salohiyati yuqori.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, xususan, zargarchilik, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari va boshqa sohalarda hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Muzokaralar yakunida Saxa Respublikasi biznes doiralari delegatsiyasining aprel oyida O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu tashrif ikki tomonlama biznes aloqalarini rivojlantirish, yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling