Valyuta kurslari 21/01/2025
$1 – 12975.09
UZS – 0,06%
€1 – 13373.43
UZS – 0,16%
₽1 – 127.63
UZS – 0,9%
Qidirish
Iqtisod 21/01/2025 Saneg 70 km dan ortiq yangi gaz quvurlarini ishga tushirdi

Saneg 70 km dan ortiq yangi gaz quvurlarini ishga tushirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 

Kompaniya mash’ala gazlarini utilizatsiya qilish bo‘yicha ikkita loyihani amalga oshirdi hamda “Qarshi” va “Muborak” neft-gaz konlarida kompressor stansiyalarini ishga tushirdi. Maqsad – yo‘ldosh neft gazini utilizatsiya qilish va atmosferaga CH4 hamda CO2 chiqarilishini kamaytirish.

Saneg kompaniyaning asosiy konlarida 70 km. dan ortiq yangi gaz quvurlari va 21 ta modulli kompressor qurilmasini (MKQ) qurib bitkazdi va ishga tushirdi. Ular orasida Shimoliy O‘rtabuloq, Sardoba, Sho‘rtepa, Sharqiy Toshli, Shimoliy Sho‘rtan, Yangi Qoratepa va To‘rtsari kabilar bor. Bundan tashqari, loyiha doirasida 6 ta mash’ala o‘chirildi, bu esa ekologik vaziyatni yaxshilashga katta hissa bo‘lib qo‘shildi.

Loyiha Vema S.A. (Shveysariya), ICA-Finance (Norvegiya) xalqaro kompaniyalari bilan hamkorlikda va loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan GRDC (O‘zbekiston) kompaniyasi ishtirokida amalga oshirildi. Ikkala loyihaning umumiy qiymati 14 mln yevroni tashkil etdi. Maqsad - kompaniyaning uglerod izini kamaytirish hamda O‘zbekistonning energetika mustaqilligini qo‘llab-quvvatlash.

Loyihaning asosiy maqsadi ilgari mash’ala qurilmalarida yoqilgan yo‘ldosh neft gazini utilizatsiya qilish va uni respublika gaz uzatish tizimiga yetkazib berish orqali qayta ishlashdan iborat. Bu yiliga 138 632 tonna karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish va yiliga 70 million kub metrdan ortiq metan hajmidagi uglevodorod resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash imkonini beradi.

Shimoliy O‘rtabuloq, Sardoba, Sho‘rtepa, Sharqiy Toshli, Shimoliy Sho‘rtan, Yangi Qoratepa va To‘rtsari konlaridagi gaz quvurlari va modulli kompressor qurilmalarining umumiy loyiha quvvati yiliga 70 million kub metr metandan oshadi. O‘rnatilgan kompressorlar gazning 5 dan 40 atmosfera bosimgacha siqilishini ta’minlaydi. Har bir amalga oshirilgan texnik yechim yopiq siklni yaratishni nazarda tutadi – quduqdan O‘zbekiston gaz uzatish tizimigacha, keyin esa yakuniy iste’molchilarga gaz yetkazib beriladi.

Gaz hajmini hisobga olish uchun ultratovushli gaz sarfi o‘lchagichlari va gaz hajmini aniq hisobga olish uchun ixtisoslashtirilgan sanoat uskunalari o‘rnatilgan.

Shunday loyihani Shirkent konida ham amalga oshirish rejalashtirilgan. Ayni vaqtda Saneg VEMA S.A. bilan birgalikda yoqiladigan gazning hajmi va tarkibini aniqlash, shuningdek, optimal texnik yechimini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqda.

Loyiha xalqaro hamkorlar bilan yaqindan hamkorlik natijasi bo‘ldi. Loyiha tashabbuskorlari va investorlari bo‘lgan "Vema S.A." va "ICA-Finance" kompaniyalari loyihaoldi tadqiqotlarini olib bordi va amalga oshirish ustidan nazoratni ta’minladi. GRDC ishchi hujjatlarni ishlab chiqdi, Saneg esa qurilish ishlarini amalga oshirdi.

“Biz resurslardan samarali va tejamkorlik bilan foydalanish, antropogen yuklamani kamaytirish va yashil iqtisodiyotga o‘tishni ta’minlaydigan eng yaxshi texnologiyalarni joriy etishga intilamiz", — dedi Saneg bosh direktori To‘lqin Yusupov.

“2024-yil mart oyida boshlangan loyiha Saneg kompaniyasining ekologik mas’uliyat va texnologik taraqqiyot tamoyillariga sodiqligini tasdiqlaydi. Uni muvaffaqiyatli amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasining energetika sohasida ilg‘or yechimlarni joriy etuvchi davlat sifatidagi xalqaro maydondagi mavqeini yanada mustahkamlaydi”, — deya qo‘shimcha qildi Vema S.A. direktori Mixail Partikevich.

Avvalroq Saneg VEMA S.A. hamda ICA-Finance AS. bilan birgalikda gaz sizib chiqishini qidirish va bartaraf etish (LDAR) loyihasini muvaffaqiyatli yakunlagan edi. Ushbu loyiha karbonat angidrid chiqindilarini sezilarli darajada – yiliga 83 ming tonnadan ortiq kamaytirishga imkon beradi, bu esa iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda muhim qadamdir.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling