Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 1-apreldan boshlab «Ozarbayjon havo yo‘llari» Samarqand va Boku o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yadi.
Parvozlar haftasiga ikki marta – chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Samarqanddan mahalliy vaqt bilan soat 2:55 da uchib ketiladi.
Parvoz davomiyligi 2 soat 20 daqiqani tashkil etadi.
Bu Samarqanddan safar qilayotgan sayyohlar uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi va Geydar Aliyev nomidagi Boku xalqaro aeroportining (75 dan ortiq yo‘nalishlar) xalqaro reyslar tarmog‘iga yana bir yo‘nalishni qo‘shadi.