Valyuta kurslari 11/07/2025
$1 – 12634.34
UZS – -0,15%
€1 – 14821.34
UZS – -0,01%
₽1 – 162.37
UZS – 0,3%
Qidirish
O‘zbekiston 09/05/2025 Samarqandda gaz-havo aralashmasi portlashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Samarqandda gaz-havo aralashmasi portlashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand viloyatida gaz-havo aralashmasi chaqnashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (FVB) maʼlum qildi.

FVB maʼlumotiga ko‘ra, fojia 2025 yil 8 maydan 9 mayga o‘tar kechasi Samarqand shahrining “Bog‘isaroy” mahallasidagi Spitamen ko‘chasida joylashgan uylardan birida sodir bo‘lgan. Uyda gaz-havo aralashmasi yonib ketishi oqibatida portlash yuz bergan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan.

Chaqnash natijasida hosil bo‘lgan kinetik zarbadan uyning temir-beton konstruksiyalari qulashi oqibatida, 1,2,3chi qavatlari va yerto‘la qismi zararlangan. Yong‘in sodir bo‘lmagan.

Olib borilgan harakatlar natijasida vayronalar ostidan 6 nafar fuqaroning jasadi topilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishchi guruhi rahbarligida Samarqand viloyati FVB boshlig‘i, Prokuratura, IIB, SSB, MG, “Hududgaztaʼminot” va tegishli FVDT xizmatlaridan tezkor – Shtab tuzilib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Bunga 10 ta asosiy va maxsus yong‘in-qutqaruv texnikalar va FVDTning kuch, vositalari jalb etilgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling