Valyuta kurslari 11/08/2025
$1 – 12672.81
UZS – 0,63%
€1 – 14753.69
UZS – 0,38%
₽1 – 158.89
UZS – 0,25%
Qidirish
O‘zbekiston 11/08/2025 Samarqand viloyatida gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqand viloyatida gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 10 avgust kuni soat 22:00 da Samarqand viloyati, Jomboy tumani, “Shayman” MFY hududida joylashgan avtomobillarga siqilgan gaz quyish shaxobchasi hududida avtomobillarda yong‘in sodir bo‘ldi.

FVV maʼlumotiga ko‘ra, hodisa joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 22:15 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:21 da qurshab olingan va soat 22:30 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida “KIA BONGO”, “DAMAS” va “GENTRA” rusumli avtomobillar zararlangan. Yong‘in kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Halok bo‘lganlar yoki jarohat olganlar haqida xabar berilmagan. Hodisa joyiga viloyat va tuman FVV boshqarmalari rahbarlari chiqishgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling