Valyuta kurslari 15/01/2025
$1 – 12971.00
UZS – -0,01%
€1 – 13308.25
UZS – 0,64%
₽1 – 126.04
UZS – -0,45%
Qidirish
O‘zbekiston 14/01/2025 Samarqand viloyatida besh kishi qo‘lbola alkogol ichimligidan zaharlanib vafot etdi

Samarqand viloyatida besh kishi qo‘lbola alkogol ichimligidan zaharlanib vafot etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand viloyatida qo‘lbola alkogol ichimligidan zaharlanish natijasida 5 nafar shaxsning vafot etishi qayd etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fojia 11-yanvar kuni sodir bo‘lgan.

To‘rt nafar shaxs o‘z uyida vafot etgan bo‘lsa, yana bir nafar bemor shifoxonada halok bo‘lgan.

Hozirda mutaxassislar voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Havfli ichimlik sotilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi «a» bandiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur modda xavfsizlik talablariga javob bermaydigan mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish uchun javobgarlikni nazarda tutadi.

Tergov ishlari davom etmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling