Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
O‘zbekiston 12/02/2025 Samarqand viloyatida avtobus ag‘darilib ketdi

Samarqand viloyatida avtobus ag‘darilib ketdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand viloyatining Jomboy tumanida turistik avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Hodisa 11 fevral kuni soat 07:00 atrofida M-39 trassasining 1079-kilometrida yuz bergan.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, Zhongtong rusumli turistik avtobus Cobalt avtomobili bilan ko‘prikda to‘qnashgan. Shu sababli avtobus haydovchisi keskin tormoz bergan, natijada avtobus ag‘darilib ketgan.

Hodisa natijasida 68 yoshli yo‘lovchi halok bo‘ldi. Hozircha jabrlanganlar haqida maʼlumot kelib tushmagan.

Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling