Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand viloyati va Sankt-Peterburg migratsiya sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.
Ushbu kelishuv Sankt-Peterburg ma’muriyati vakillarining O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi rahbariyati bilan uchrashuvi davomida erishildi.
Tomonlar O‘zbekiston fuqarolarining ijtimoiy va tibbiy huquqlarini ta’minlashga, shuningdek, xavfsiz va tartibli migratsiya jarayonlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratgan holda hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.