Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
O‘zbekiston 15/03/2025 Samarqand shahrida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Samarqand shahrida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 14-mart kuni soat 22:50 da Samarqand shahri Shoxruh Mirzo koʻchasida joylashgan ''Кutubxona"da yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida viloyat FVB ga xabar berilgan.

Shunga ko‘ra, 6 ta yong'in qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, voqea  joyiga soat 22:57 da yetib borib, soat 23:55 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida binoning shift va tom qismi qisman yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi anqlanmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling