Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
Iqtisod 17/06/2025 Salang dovoni orqali yuk mashinalari harakati qayta ochildi

Salang dovoni orqali yuk mashinalari harakati qayta ochildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Salang dovoni orqali yuk tashish qayta tiklandi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar berdi.

Afg‘oniston tomoni ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 17-iyundan boshlab, Salang dovoni orqali Pokiston va Pokiston portlariga katta hajmli yuk transport vositalarida tashuvlarni amalga oshirish qayta tiklandi.

Dovonda olib boriladigan ta’mirlash ishlari yuk tashuvlariga ta’sir qilmagan holda davom ettirilishi ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, Salang dovonida ta’mirlash jarayoni 2025-yil 10-iyundan boshlangan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling