Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "UzAuto Motors Powertrain" boshqaruvchi direktori Saidazim G‘ulyamovga kompaniya bosh direktori vazifasini bajarish topshirildi.
Mazkur qaror 2024-yil 26-dekabrda kompaniya aksiyadorining yig‘ilishida qabul qilingan.
Saidazim G‘ulyamov yangi rahbar tayinlangunga qadar bosh direktorning barcha vakolat va vazifalarini bajaradi. Yangi bosh direktorni tayinlash bo‘yicha qaror 2025-yil 30-iyunga qadar qabul qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Saidazim G‘ulyamov avval ham ushbu lavozimni bir necha yil davomida egallagan, to "UzAuto Motors Powertrain" bosh direktori lavozimiga Bo Andersson tayinlangunga qadar.
Ma’lumot uchun, Bo Andersson 2024-yil dekabr oyida "UzAuto Motors" va "UzAuto Motors Powertrain" rahbari sifatidagi faoliyatini yakunladi.
"UzAuto Motors Powertrain" zamonaviy ikkinchi avlod B-DOHC (Double Overhead Camshaft) benzin va ikki yoqilg‘ida ishlovchi, shuningdek, turbo va atmosferali CSS (Cylinder Set Strategy) Prime dvigatellarini ishlab chiqaradi. Ushbu dvigatellar avtomobillar bozori ehtiyojlariga javob beradigan optimal kuch va yoqilg‘i tejamkorligini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan.
Kompaniya Onix, Tracker va Cobalt kabi mashhur modellar uchun ishlatiladigan 1,2 litr va 1,5 litr hajmli dvigatellarni taklif etadi.