Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
O‘zbekiston 14/03/2025 Rossiyaning Saxa Respublikasida qiyin ahvolga tushib qolgan oila O'zbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Saxa Respublikasida qiyin ahvolga tushib qolgan oila O'zbekistonga qaytarildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Mamlakatimizning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi ko'magida Rossiyaning Saxa Respublikasi Neryungri shahrida qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan ona va uning to'rt nafar farzandi O'zbekistonga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ma'lum bo'lishicha, mazkur oila Neryungri shahrida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini yo'qotib qo'ygani uchun turli muammolarga duch kelgan.

Diplomatik vakolatxona xodimlari zudlik bilan ushbu oila bilan uchrashib, pasportini yo'qotgan bolalarning onasiga O'zbekistonga qaytish uchun bepul guvohnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, ayol va uning bolalarining yurtimizga kelishi uchun aviachipta sotib olindi.

Hamyurtimiz farzandlari bilan birga bugun O'zbekistonga uchib ketdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling