Rossiyadan ikki nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Sankt-Peterburg shahridan “Tranzit” bolalar ijtimoiy boshpanasi xodimlari hamrohligida ikki nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi, deb xabar qildi Milliy ijtimoiy himoya agentligi matbuot xizmati.
Toshkent shahriga qaytarilgach, ular vaqtincha Toshkent shahar IIBB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan.
Shundan so‘ng, bolalardan biri Toshkentda onasiga topshirildi. Ikkinchisini esa IIV xodimlari hamrohligida o'z yashash hududiga olib borildi va akasi bilan uchrashtirildi.
Ma'lum bo'lishicha, bolaning akasi ham oldinroq Rossiya Federatsiyasida bo'lib turish qoidalarini buzganligi sabab O'zbekistonga olib kelingan. Endilikda ularning ikkalasi yashash joyidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan tayyorlangan tutingan oilasiga joylashtirilishi rejalashtirilgan.
2025–yildan hozirgi vaqtga qadar 61 nafar voyaga yetmagan Oʻzbekiston fuqarolari respublikaga olib kelinib, oilaviy muhitga qaytarildi.